Qiziqchi Elmurod Haqnazarov MMA'da debyut qildi
Videodan kadr
Kecha, 19-oktyabr kuni oʻzbekistonlik taniqli soʻz ustasi, bloger Elmurod Haqnazarov MMA'da debyut jangini oʻtkazdi. Unga qarshi nisbatan tajribali raqib, rossiyalik Mixail Sыgankov oktagonga chiqdi.
Ushbu bahs Qozogʻistonning Turkiston viloyatida joylashgan “Karavan saray” arenasida Alash Pride FC tomonidan tashkil etilgan 113-turnir doirasida boʻlib oʻtdi. Professional MMA qoidalari asosida, oʻrta vazn toifasida oʻtgan jang 3 raundga moʻljallangan edi. Biroq barcha kutgan bahs 1-raunddayoq yakuniga yetdi.
Bong chalinishi bilan faol harakat olib borgan Haqnazarov raqibini parterga yiqitdi va uni sabmishn evaziga magʻlub etishga muvaffaq boʻldi. Oʻzbekistonlik debyutant bu gʻalabaga erishish uchun bor yoʻgʻi 1 daqiqa 11 soniya vaqt sarfladi.
Maʼlumot uchun, Elmurod Haqnazarovga raqiblik qilgan Rossiya vakili Mixail Sыgankov prof MMA'da bunga qadar 6 ta jang oʻtkazib, 3 ta gʻalaba va 3 ta magʻlubiyat qayd etgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- “Matonatli Maryam” filmi keng jamoatchilikka taqdim etildi
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- FIDE jahon kubogi chempioni Javohir Sindarovni kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi (+fotoreportaj)
- Reuters: Asadning Moskvadagi tarafdorlari Suriyada qoʻzgʻolon rejalashtirmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring