Qashqadaryoda Germaniya taʼlim standartlari asosidagi bogʻcha ish boshladi
Qarshi shahrida Germaniyaning nufuzli “Ernst Klett” kompaniyasi bilan hamkorlikda oʻzbek va nemis tillarida faoliyat yurituvchi zamonaviy maktabgacha taʼlim muassasasi foydalanishga topshirildi.
Shu munosabat bilan tashkil etilgan tadbirda viloyat hokimligi masʼullari, "Ernst Klett” kompaniyasi delegatsiyasi hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

Mehmonlar muassasada yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi. Germaniyalik investorlar tomonidan mazkur bogʻchani tashkil qilish, xodimlarning Germaniyada madaka oshirib kelishi, muassasada toʻliq nemis dars metodikasi va tarbiyaviy yondashuvlarini joriy etishda katta yordam koʻrsatilgani qayd etildi.
— Oʻzbekistonda ilk zamonaviy, nemis metodologiyasiga asoslangan bolalar bogʻchasi tashkil etilishidan mamnun boʻldim, — deydi "Ernst Klett” kompaniyasi rahbari Filipp Haussmann. — Umid qilamizki, bugun ushbu bogʻchada taʼlim va tarbiya olishni boshlagan bolajonlar yana 15-yildan soʻng Germaniyaning eng nufuzli universitetlarida tahsil olishadi
Jahongir BOYMURODOV
“Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nega biz haligacha oʻzga sayyoraliklar bilan uchrashmaganmiz?
- Erkinjon Turdimov: “Muammo binoda emas, muammo rahbar va uning ish uslubida”
- Aholi va qishloq xoʻjaligini onlayn roʻyxatga olish boshlanishiga 3 kun qoldi
- Prezident prokuratura organlari xodimlari va faxriylariga tabrik yoʻlladi
- Oʻzbekistonda 2025-yilda 150 tonnadan ortiq sifatli qon tayyorlangan
- “Katta sakrash” yoxud Oʻzbekiston sunʼiy intellekt va raqamli texnologiyalar rivojida yangi bosqichga qadam qoʻydi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring