Qarshida yangi xonadonlar oʻz egalariga topshirildi

14:03 29 Avgust 2024 Jamiyat
122 0

Jahongir BOYMURODOV/“Xalq soʻzi”. Mustaqilligimizning 33 yilligi shodiyonalari arafasida Qarshi shahrining Choʻlquvar mahallasida “Yashil zamin” turar-joy majmuasi foydalanishga topshirildi.

Loyiha qiymati 110 milliard soʻmni tashkil etgan ushbu majmua 432 xonadonga moʻljallangan 5 ta koʻp qavatli uy, zamonaviy bolalar maydonchasi, marosimlar zali, yopiq avtomobillar qoʻyish maydonchalari, dekorativ sharshara va favvoralar hamda yashil hududlarni oʻz ichiga olgan.

Eʼtiborli tomoni, majmua bilan yonma-yon joylashgan Qarshi shahridagi 11-umumiy oʻrta taʼlim maktabi uchun ham tadbirkor tomonidan homiylik asosida 900 oʻringa moʻljallangan yangi bino qurib berilganidir.

11 milliard soʻm mablagʻ evaziga barpo etilgan 5 qavatli binoda 30 ta sinfxona hamda faollar zali, bino tashqarisida zamonaviy voleybol hamda mini-futbol maydonchalari mavjud.

“Yashil zamin” turar-joy majmuasi hamda yangi maktab binosining foydalanishga topshirilishi mahalla ahli uchun katta shodiyonaga aylanib ketdi. Ayniqsa, tadbir doirasida majmuadagi 6 ta xonadon ehtiyojmand oilalarga bepul sovgʻa qilgani, 11 nafar kam taʼminlangan oila farzandlarining sunnat toʻylari oʻtkazib berilishi ham koʻpchilikning olqish-u duolariga sabab boʻldi.

Shu kuni Qarshi shahrining Oydin mahallasida ham 135 xonadonga moʻljallangan yana ikkita koʻp qavatli uy foydalanishga topshirildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер