Putin NATOning zaif tomonlarini fosh qilishga urinmoqda — Germaniya mudofaa vaziri
Germaniya mudofaa vaziri Boris Pistorius Putinni NATOning zaif tomonlarini fosh qilishga urinayotganlikda aybladi. Bu haqida “Bild” nashri xabar berdi.
Boris Pistoriusning taʼkidlashicha, Rossiya uchuvchisiz uchoqlari va harbiy samolyotlarining NATO havo hududiga bostirib kirishi Kreml ataylab oʻylagan strategiyasining bir qismidir.
“Putin NATOga aʼzo davlatlarni harakatga keltirmoqchi. Shundan soʻng, alyansning zaif tomonlarini aniqlab, fosh qilmoqchi va undan foydalanmoqchi”, — deydi Pistorius “Bundestag byudjeti” muhokamasi chogʻidagi nutqida.
Qoʻshimcha qilinishicha, Rossiya chegaralarni tobora koʻproq va agressiv tarzda sinab koʻrmoqda. NATO esa Putinning mazkur provokatsion harakatlariga uchmasdan, aniq va birlashgan holda, balki kerakli vazminlik bilan javob qaytarmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
- Bu yil Oʻzbekiston Proligasida 14 ta jamoa ishtirok etadi
- Yanvar oyida yuz nafardan ortiq amerikalik oʻqish uchun Oʻzbekistonga keldi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring