Prezident: “Ijtimoiy davlatda hech kim eʼtibordan chetda qolmaydi, oʻz muammolari bilan yolgʻiz tashlab qoʻyilmaydi”
Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyevning Konstitutsiyaviy komissiya aʼzolari bilan uchrashuvi davom etyapti.
“Shular qatorida yashash uchun zarur resurslar – ichimlik suvi, tabiiy gaz, elektr energiyasi, transport va boshqa qulayliklar bilan taʼminlanish, majburiy mehnatga taqiq qoʻyish ham ijtimoiy davlatda muhim ahamiyat kasb etadi.
Bir soʻz bilan aytganda, ijtimoiy davlatda hech kim eʼtibordan chetda qolmaydi, oʻz muammolari bilan yolgʻiz tashlab qoʻyilmaydi.
Ijtimoiy davlatda inson qadri deganda, avvalo, fuqaroni yashash uchun zarur uy-joy bilan taʼminlashni tushunamiz.
Bizning xalqimiz uchun uy-joy – bu Vatan ichra kichik vatandir.
Insonning dunyoga kelishi, shaxs sifatida kamol topishi, farzandlarni voyaga yetkazish, milliy urf-odat va tarixiy anʼanalarni davom ettirish, toʻylar qilish aynan uy-joyda amalga oshiriladi.
Farzand tugʻilsa, yaxshi niyatlar bilan odamlarimiz hovlisiga koʻchatlar ekib, shu uy, shu bogʻ koʻp yillar avlodlarimga xizmat qilsin, deb ezgu niyatlar qiladi.
Shu bois uy-joyli boʻlish, uning daxlsizligini taʼminlash har bir inson hayotida qanchalik muhim ekanini barchamiz yaxshi bilamiz" deya taʼkidladi Prezident.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- 21-oktyabr – Oʻzbek tili bayrami kuni
- Roʻziqul Berdiyevning matbuot anjumanidagi fikrlari yuzasidan surishtiruv oʻtkaziladi
- Oʻzbekistonda Kasbiy taʼlim agentligi tashkil etiladi
- Tramp Koreya yarimorolidagi mojaroga yakun yasashga vaʼda berdi
- Oʻzbekistonning yangi trayektoriyasi: Asosiy xorijiy transferlar xaritasi
- AQSH Rossiyaga bosim oʻtkazishning muqobil usullarini oʻrganmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring