Prezident farmoni bilan qator tayinlovlar amalga oshirildi
Foto: Prezident matbuot xizmati
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli farmoni bilan qator tayinlovlar amalga oshirildi. Bu haqda davlat rahbarining matbuot kotibi Sherzod Asadov maʼlum qildi.
Xususan, Erkin Turaqulovich Yuldashev Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining Komplayens xizmati boshligʻi lavozimiga tayinlandi;
Azizbek Allabergenovich Urunov Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Jahon savdo tashkiloti boʻyicha vakili lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Jahon savdo tashkiloti masalalari boʻyicha maxsus vakili lavozimidan ozod etildi;
Aziz Yuldashevich Magrupov Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tashqi investitsiyalar boʻyicha vakili lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tashqi investitsiyalar masalalari boʻyicha maslahatchisi lavozimidan ozod etildi;
Alisher Saidabbasovich Sultanov Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining energetik xavfsizlik boʻyicha vakili lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining energetika xavfsizligi masalalari boʻyicha maslahatchisi lavozimidan ozod etildi;
Odil Qalandarovich Abduraxmonov Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining sport boʻyicha vakili lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Ijtimoiy rivojlanish departamentining rahbari lavozimidan ozod etildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Prezident Oʻzbekiston bojxona sohasi xodimlariga tabrik yoʻlladi
- “Nigilist pingvin”. Ruhan ezilgan va hayotdan maʼno izlayotganlar uchun noodatiy mem ommalashmoqda
- Tarix va zamonaviylik uygʻunlashgan shahar — Turkiya poytaxtidan fotoreportaj
- Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahrida qisqa fursatga toʻxtagan Italiya Respublikasi Bosh vaziri Jorja Meloni bilan uchrashuv oʻtkazdi
- Shimol yogʻdusi — moʻjiza emas dahshat. Quyoshda X toifali kuchli chaqnash sodir boʻldi
- Oʻzbekiston armiyasi Markaziy Osiyoda birinchi o'rinda — dunyo armiyalari reytingi eʼlon qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring