Polshaning saylangan prezidenti Ukraina boʻyicha kutilmagan bayonot berdi

Foto: AP
Polshaning saylangan prezidenti Karol Navroskiy Ukrainaning Yevropa Ittifoqiga tezlashtirilgan qabul qilinishiga qarshi chiqdi. Bu haqda u Vengriyaning “Mandiner” jurnaliga bergan intervyusida aytib oʻtdi.
“Hozirda men Ukrainaning Yevropa Ittifoqiga qoʻshilishiga qarshiman”, — deydi u. Navroskiyning taʼkidlashicha, Ukrainaning Yevropa Ittifoqiga aʼzoligi Yevropa mamlakatlari iqtisodiyoti va qishloq xoʻjaligiga zarar yetkazadi.
“Saylov kampaniyasi davomida men prezident sifatida Polsha qishloq xoʻjaligi yoki logistika sektori boʻyicha Ukraina bilan adolatsiz raqobatga rozi boʻlmaganman va bunga rozi boʻlmayman”, dedi siyosatchi.
Avvalroq, Vengriya bosh vaziri Viktor Orban Ukrainaning 2025-yilda Yevropa Ittifoqiga kirishi boʻyicha muzokaralarni toʻliq boshlash boʻyicha siyosiy qaror allaqachon qabul qilinganini, biroq Vengriya buni qoʻllab-quvvatlamasligini aytgandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Ish haqi, pensiya, nafaqa va stipendiyalar miqdori 10 foizga oshiriladi
- Eron va Isroil oʻrtasidagi ziddiyatlar xronologiyasi yoxud bugungi “urush”ning ildizi qayerda?
- Olimlar Alsgeymer kasalligidan himoya qiluvchi parhez haqida maʼlumot berishdi
- Dollar kursi oshishda davom etmoqda
- Parkentda yiliga 20 ming sayyohni qabul qiladigan turistik majmua ochilmoqda
- Oʻzgarishlarni soʻz bilan uygʻotgan jurnalist
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring