Pokistondagi vokzal yaqinida portlash: 20 dan ortiq odam halok boʻldi

14:49 10 Noyabr 2024 Dunyo
336 0

Pokistonning Kvetta shahridagi vokzal yaqinida yuz bergan portlashda kamida 21 kishi halok boʻldi, 30 kishi jarohat oldi.

Poyezd kelishidan oldin vokzal kassasida portlash sodir boʻlgan. Qurbonlar soni ortishi mumkin, deydi rasmiylar. Jabrlanganlar shahar shifoxonasiga yetkazilgan. Kvettada favqulodda holat eʼlon qilindi. Politsiya voqea yuzasidan tergov olib bormoqda. Asosiy versiyalar orasida terakt ham bor.

Pokiston oʻzining dastlabki yillaridanoq turli siyosiy kuchlar hukumatlari tomonidan boshqariladi. Mamlakatdagi beqarorlikni separatistik harakatlar ham kuchaytirmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?