Parkinsonga chalingan bemorlarga erkin harakatlanish imkonini beruvchi implant yaratildi
Parkinson — bugungi kunda eng tez rivojlanayotgan nevrologik kasalliklardan biri. U asosan 50 yoshdan oshgan kishilarda yuzaga keladi. Biroq xastalik koʻpincha kech bosqichda aniqlanishi bois muolajalardan hamisha kutilgan samara boʻlmaydi.
Parkinson tashxisi qoʻyilgan bemorlar erkin harakatlanish, yurish va muvozanatni saqlashga qiynaladi. Bu borada ularga eng yaqin koʻmakchi — dori-darmonlar. Biroq preparatlarning ham taʼsir kuchi va muddati chegaralangan.
Ana shu muammoga samarali yechim izlagan Shveysariya olimlari yangi texnologiya yaratishga muvaffaq boʻldi. U bemorlarning yiqilmay yurishi va muvozanatni yoʻqotmay harakatlanishini taʼminlaydi.
Yangi texnologiya orqa miya implanti boʻlib, u xastalikka chalingan organizmga oʻrnatiladi. Qurilma miya faoliyatiga taqlid qilib, mushaklarga elektr impulslarini yuboradi.
Tajribada ishtirok etgan ilk bemor — italiyalik Mishel Rokkati avtohalokat tufayli umurtqa pogʻonasi jiddiy shikastlangan. Shundan buyon mustaqil harakatlana olmaydi.
Bemorda klinik sinov muvaffaqiyatli oʻtdi. U endi tanasiga oʻrnatilgan implant yordamida bemalol oʻrnidan turib, taxminan ikki soat, yaʼni dam olmasdan bir kilometr masofaga yura oladi.
Navbatdagi bemor — Mark Gotiyer yigirma yildan beri Parkinson kasalligidan aziyat chekib keladi. Yuqori texnologik operatsiya yordamida unga implant oʻrnatilgach, avval muvozanatni saqlash, keyinroq 6 kilometrgacha masofani bosib oʻtish qobiliyatiga ega boʻldi.
Olimlar mazkur qurilma kelgusida umurtqa pogʻonasi ogʻir jarohatlaridan qiynalayotgan hamda Parkinsonga chalingan bemorlarga tik turish, yurish va sport bilan shugʻullanish imkonini berishiga ishonch bildirmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Yangilanayotgan Markaziy Osiyo: birlik, doʻstlik va hamkorlikning yangi bosqichi
- Nogironligi boʻlgan fuqarolarga 30 mln soʻmgacha foizsiz ssuda ajratiladi
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring