“Paxtakor” yoshlar jamoasi ketma-ket ikkinchi bor chempion bo‘ldi

19:43 17 Noyabr 2025 Sport
362 0

Bugun, 16-noyabr kuni Toshkent shahridagi “Jar” stadionida O‘zbekiston U19 chempionatining final uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zbekiston Professional futbol ligasining rasmiy sayti xabar berdi.

Final bahsida “Paxtakor” U19 klubi “Nasaf” U19 jamoasiga qarshi maydonga tushdi. Uchrashuv 4:1 hisobida “sherlar”ning ishonchli g‘alabasi bilan yakunlandi.

G‘olib jamoa safida gollarga Davron To‘laganov (dubl) va Yakhyo Urinboev mualliflik qildi. Yana bir gol esa Jamshid Berdimurodov tomonidan avtogol tarzida kiritildi. “Nasaf” jamoasining yagona javob goliga Lazizbek Ergashev mualliflik qildi.

Shu tariqa “Paxtakor” yoshlar jamoasi ketma-ket ikkinchi bor O‘zbekiston U19 chempionatida g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер