Oziq-ovqat xavfsizligi boʻyicha xalqaro konferensiya davomida dunyo xalqlarining buguni va ertasiga daxldor muhim masala muhokama qilinmoqda
Foto: "Xalq so'zi"
Samarqandda oʻtayotgan Oziq-ovqat xavfsizligi boʻyicha xalqaro konferensiyaning ikkinchi kuni Oʻzbekiston agrooziq-ovqat investitsiya forumi bilan boshlandi. Unda Germaniya, Italiya, Isroil, Vengriya, Koreya Respublikasi, Polsha, Ozarbayjon, Qozogʻiston kabi davlatlardan 50 dan ziyod kompaniya qatnashmoqda.

Investitsiya forumi doirasida xalqaro moliya institutlarining grant mablagʻlarini, yirik loyihalar boʻyicha toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiyalarni jalb etishga oid kelishuvlar, savdo bitimlari imzolandi.

Anjuman oʻz ishini davom ettirmoqda. Kun davomida qatnashchilar Samarqand viloyatidagi qishloq xoʻjalik mahsulotlari ishlab chiqaruvchi korxonalar faoliyati bilan ham yaqindan tanishadilar.

Taʼkidlash joizki, ushbu xalqaro tadbir dunyo mamlakatlari oldida turgan muhim masala - oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash borasidagi chora-tadbirlarni jadallashtirish, yechimlarni muhokama qilish, shuningdek, agrar sohadagi yutuqlarni targʻib qilish va oʻzaro tajriba almashishda alohida ahamiyat kasb etadi.































Abdulaziz Yoʻldoshev
(Xalq soʻzi)
Foto: Hasan Paydoyev, Yunus Boʻriyev
(Xalq soʻzi)
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Abduqodir Husanov yana bir bor “Real Madrid”ga qarshi oʻynaydi
- Bolalar saratoniga qarshi kurash: xalqaro hamkorlikdagi muhim qadam
- Oʻzbekistonning 7 ta moddiy va nomoddiy madaniy meros obyektlari AYSESKO roʻyxatiga kiritildi
- Superliganing 2026-yilgi mavsumi boshlanmoqda
- Har burchagida tarix yashiringan shahar — Londondan fotoreportaj
- Erkaklar ayollarga nisbatan koʻproq kaloriya isteʼmol qilishi kerakmi?
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring