Oʻzbekistonning veterinariya sohasidagi tajribasi xalqaro miqyosda eʼtirof etildi

Parijda boʻlib oʻtgan Jahon hayvonlar sogʻligʻi tashkiloti Assambleyasining 92-sessiyasida Oʻzbekistoning veterinariya sohasidagi boy tajribasi hamda yaratilgan mukammal amaliyot tizimi dunyo davlatlariga istiqbolli yoʻnalish sifatida tavsiya etildi.
Xalqaro tashkilot rahbari Emmanuyela Subeyran xonim Oʻzbekistonda Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan veterinariya sohasi rivojiga qaratilayotgan eʼtiborni yuksak baholadi. Soha nafaqat epizootik va epidemik barqarorlikni taʼminlaydigan, balki aholiga barqaror xizmat koʻrsatuvchi iqtisodiy jozibador yoʻnalishga aylanganini alohida eʼtirof etdi.
Darhaqiqat, yurtimizda soʻnggi yillarda veterinariya sohasiga shunchaki agrar tizimning quyi boʻgʻini emas, balki iqtisodiyotning drayver yoʻnalishlaridan biri sifatida eʼtibor berila boshlandi. Natijada hayvondan odamga yuqadigan kasalliklarni jilovlashdagi yangicha yondashuvlar, yovvoyi qushlar migratsiyasi tufayli kirib keladigan kasalliklar xavfini yumshatishdagi ilgʻor tajribalar, shuningdek, chorva mahsulotlarini aholi dasturxoniga xavfsiz yetkazish boʻyicha mukammal tizim yaratildi.
Shu bilan birga, mamlakatimizda veterinariya taʼlimini rivojlantirishga ustuvor ahamiyat qaratilib, xalqaro standartlar milliy tizimga izchil tatbiq etilyapti, nazariya va amaliyot uygʻunligi taʼminlanmoqda. Buning hisobiga Oʻzbekiston qisqa davr ichida veterinariya sohasida Hamdoʻstlik davlatlari orasida peshqadamga aylandi.
Anjuman davomida Jahon hayvonlar sogʻligʻi tashkiloti rahbari Emmanuyella Subeyran xonim Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasi raisi Bahrom Norqobilovga “Xizmatlari uchun” medalini topshirdi.
Taʼkidlash kerak, bunday yuksak eʼtirofga MDH davlatlari ichida ilk bor Oʻzbekiston loyiq koʻrildi. Shubhasiz, bu xalqaro doirada yurtimizning veterinariya sohasidagi nufuzi va salohiyati tobora yuksalib borayotganidan dalolat beradi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Ish haqi, pensiya, nafaqa va stipendiyalar miqdori 10 foizga oshiriladi
- Eron va Isroil oʻrtasidagi ziddiyatlar xronologiyasi yoxud bugungi “urush”ning ildizi qayerda?
- Olimlar Alsgeymer kasalligidan himoya qiluvchi parhez haqida maʼlumot berishdi
- Dollar kursi oshishda davom etmoqda
- Parkentda yiliga 20 ming sayyohni qabul qiladigan turistik majmua ochilmoqda
- Oʻzgarishlarni soʻz bilan uygʻotgan jurnalist
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring