Oʻzbekistonning Isroildagi elchixonasi vatandoshlarga mamlakatni tark etish yoʻllari boʻyicha maʼlumot berdi

11:33 18 Iyun 2025 Siyosat
239 0

Oʻzbekistonning Isroildagi elchixonasi hozirgi xavfsizlik vaziyati munosabati bilan Isroilni mustaqil ravishda tark etish istagida boʻlgan Oʻzbekiston fuqarolariga ochiq nazorat-oʻtkazish punktlari haqida maʼlumot berdi.

Unga koʻra, Oʻzbekiston fuqarolari quyidagi nazorat-oʻtkazish punktlari orqali mamlakatni tark etishlari mumkin:

  • “Menaxem Begin” / “Taba” — Isroil-Misr chegarasida joylashgan (Isroilning Eylat va Misrning Taba shaharlari oʻrtasida);
  • “Shayx Xusayn” — Isroil-Iordaniya shimoliy chegarasida joylashgan (Isroilning Bayt-Shean va Iordaniyaning Irbit shaharlari oʻrtasida);
  • “Isxak Rabin” / “Vadi Arava” — Isroil-Iordaniya janubiy chegarasida joylashgan (Isroilning Eylat va Iordaniyaning Akaba shaharlari oʻrtasida).

Barcha koʻrsatilgan chegara punktlari hozirda odatiy tartibda (24 soat) faoliyat koʻrsatmoqda.

Misr orqali:

“Menaxem Begin”/“Taba” nazorat-oʻtkazish punkti (Eylat sh.)

- Oʻzbekiston fuqarolari ushbu punktni kesib oʻtib, Misrga vizasiz (“Sinay kirish muhri” orqali) kira oladilar. “Sinay kirish muhri” — 14 kungacha faqat Sinay yarim oroli hududida boʻlish huquqini beradi (Qohira va boshqa shaharlarga safar qilish mumkin emas).

  • 21 yoshga toʻlmagan fuqarolarga ota yoki onalaridan biri hamrohlik qilishi shart.
  • “Taba”dan Sharm ash-Shayxgacha (270 km) avtobus yoki avtomobillarda harakatlanish imkoniyati mavjud.

Aviaqatnovlar (Sharm ash-Shayx aeroportidan):

  • “UzAirways”: Haftasiga 3-marta (seshanba, chorshanba, shanba, soat 12:35) Toshkentga.
  • “Turkish Airlines”: Har kuni 1 yoki 2-marta Istanbulga (Istanbul xalqaro aeroportiga) (Toshkentga tranzit).
  • “Pegasus Airlines”: Har kuni 1 yoki 2-marta Istanbulga (“Sabixa Gyokchen” aeroportiga) (Toshkentga tranzit).

Iordaniya orqali:

  • “Shayx Xusayn” (Bayt-Shean sh.) yoki “Isxak Rabin”/“Vadi Arava” (Eylat sh.) nazorat-oʻtkazish punktlari:

Ushbu punkt orqali Iordaniya poytahtigacha borib, keyin quyidagi aviayoʻnalishlardan foydalanish mumkin:

  • “Ummon – Istanbul – Toshkent”
  • “Ummon – Dubay – Toshkent”

Eslatma: Iordaniyaga kirish uchun mamlakat IIV sayti orqali viza olish zarur:

Zarur hollarda Oʻzbekiston Elchixonalarining favqulodda telefon raqamlariga murojaat qilishingiz mumkin:

  • Misrda (+202 333-617-23; +20 128 666-1441, eg.uzembassy@mfa.uz);
  • Saudiya Arabistonida, oʻrindoshlik asosida Iordaniyada (+966 11 263-5223, +966 56 721-7731, uzbembriyadh@gmail.com);
  • Isroilda (+972 (3) 672-2466, 672-2371, 758-5075, 758-5076, (54) 485-1397, il.uzembassy@mfa.uz).

Shuningdek, elchixona Isroil hududini tark etayotgan fuqarolardan shaxsiy xavfsizlik ehtiyot choralarini koʻrishni va Front orti buyrugʻi tomonidan berilgan koʻrsatmalarga qatʼiy amal qilishni soʻragan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?