Oʻzbekistonga yanvar oyida qariyb 1 million sayyoh keldi
2026-yilning yanvar oyida jami 950 278 nafar chet el fuqarolari turistik maqsadlarda Oʻzbekistonga tashrif buyurgan. Bu haqida Milliy statistika qoʻmitasi maʼlumot berdi.
Yurtimizga tashrif buyurgan sayyohlar sonini davlatlar miqyosida taqsimlasak, eng yaxshi koʻrsatkich Qirgʻiz Respublikasiga tegishli boʻlib, yanvar oyida ushbu mamlakatdan 282 798 nafar sayyoh Oʻzbekistonga kelgan. Undan keyingi oʻrinlarda 244 373 nafar sayyoh bilan Tojikiston ikkinchi, 207 858 nafar koʻrsatkich bilan Qozogʻiston uchinchi pogʻonada qayd etilgan.
Shuningdek, 2026-yilning ilk oyida Rossiyadan 69 070 nafar, Afgʻonistondan 43 572 nafar, Turkmanistondan 28 150 nafar, Xitoydan 25 666 nafar, Turkiyadan 12 740 nafar, Hindistondan 6 095 nafar hamda Koreya Respublikasidan 3 237 nafar turistlar mamlakatimizga tashrif buyurgan.
Qoʻmita maʼlumotlariga koʻra, ushbu koʻrsatkich 2025-yilning mos davri bilan solishtirilganda 271,6 ming nafarga yoki 40 foizga oshgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
- Bu yil Oʻzbekiston Proligasida 14 ta jamoa ishtirok etadi
- Masharipov va Ashurmatov toʻp surayotgan jamoa bosh murabbiyi isteʼfoga chiqarildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring