Oʻzbekistonga yana 90 ming doza “Sputnik V” vaksinasi keltiriladi — SSV
Internet tarmoqlarida “Sputnik V” vaksinasining komponentlari yetishmovchiligi kuzatilayotgani haqida xabarlar tarqalmoqda. Bunga javoban, Sogʻliqni saqlash vazirligi quyidagilarni maʼlum qildi:
Shu kunga qadar mamlakatimizga 370 ming doza “Sputnik V” vaksinasi olib kelingan. Ularning 230 000 dozasi 1 – komponent, 140 000 dozasi 2-komponent hisoblanadi.
2021-yil 4-avgust holatiga koʻra, 341 260 doza “Sputnik V” emlash jarayonlarida qoʻllanilgan boʻlib, 212 818 nafar shaxs vaksinaning faqat birinchi dozasini olgan. 128 442 nafar fuqaro 2-dozani ham qabul qilib, toʻliq emlangan.
Maʼlum boʻlmoqdaki, vaksinaning har ikkala komponentlari miqdori tenglashishi uchun yurtimizga yana 90 ming doza vaksina keltirilishi kerak. “Sputnik V«ning 90 ming dozalik 2-komponenti yaqin kunlarda yurtimizga keltirilishi kutilmoqda.
Qolaversa, Gamaleya nomli ilmiy tadqiqot instituti direktori Aleksandr Ginsburg va sohaning qator nufuzli olimlari “Sputnik V” vaksinasining birinchi va ikkinchi komponentlari bilan emlanish oraligʻini 21 kundan 90 kungacha uzaytirish mumkinligini maʼlum qilishgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
- Bolalar saratoniga qarshi kurash: xalqaro hamkorlikdagi muhim qadam
- Abduqodir Husanov yana bir bor “Real Madrid”ga qarshi oʻynaydi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring