Oʻzbekistonga tijorat maqsadida kelgan chet elliklar soni ochiqlandi
Statistika agentligi Oʻzbekistonga tijorat maqsadida kelgan chet el fuqarolari necha nafarni tashkil etishini ochiqladi. Bu haqda Agentlik rasmiy sahifasida xabar qilingan.
Maʼlum qilinishicha, 2024-yilning yanvar-iyul oylarida jami 80,5 ming nafar chet el fuqarolari tijorat maqsadida Oʻzbekiston Respublikasiga tashrif buyurgan.
Bu koʻrsatkich oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 51,4 ming nafarga yoki 2,8 barobarga oshganini maʼlum qilindi.
Qayd etilishicha, 2024-yilning yanvar-iyul oylarida Oʻzbekiston Respublikasiga tijorat maqsadida kelgan chet el fuqarolari mamlakatlar boʻyicha Turkmaniston 48 ming 186 bilan birinchi, Tojikiston 25 ming 729 bilan ikkinchi, Afgʻoniston esa 1 ming 866 nafar fuqaro bilan uchinchi boʻldi.
Bundan tashqari, Xitoy (822), Hindiston (648), Turkiya (615 ), Qirgʻiz Respublikasi (465), Janubiy Koreya (400), AQSH (261) va Rossiya (215) kabi davlatlar fuqarolari ham mamlakatimizga koʻp tashrif buyurishgan.
Avvalroq, IBA Osiyo mamlakatlari boʻyicha muhim bayonoti eʼlon qilingandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Abduqodir Husanov yana bir bor “Real Madrid”ga qarshi oʻynaydi
- Bolalar saratoniga qarshi kurash: xalqaro hamkorlikdagi muhim qadam
- Oʻzbekistonning 7 ta moddiy va nomoddiy madaniy meros obyektlari AYSESKO roʻyxatiga kiritildi
- Superliganing 2026-yilgi mavsumi boshlanmoqda
- Har burchagida tarix yashiringan shahar — Londondan fotoreportaj
- Erkaklar ayollarga nisbatan koʻproq kaloriya isteʼmol qilishi kerakmi?
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring