Oʻzbekistonga 19 kg tilla buyumlarni noqonuniy olib oʻtgan shaxslar ushlandi
Videodan kadr
Qirgʻizistondan noqonuniy olib kelingan 19 kilogramm tilla buyumlar toʻxtatib qolindi, deb xabar bermoqda Davlat xavfsizlik xizmati.
Maʼlum qilinishicha, davlat chegaralarini qoʻriqlash va tovar-moddiy boyliklar kontrabandasiga qarshi kurashish yoʻnalishida DXXning Chegara qoʻshinlari harbiy xizmatchilari va Fargʻona viloyati boʻyicha boshqarmasi xodimlari hamkorligida tezkor tadbir oʻtkazilgan.
Xususan, Fargʻona tumanida yashovchi, 1991-yilda tugʻilgan va 1993-yilda tugʻilgan ikki nafar fuqaro qoʻlga olinib, ulardan qoʻshni Qirgʻiz Respublikasidan noqonuniy ravishda davlat chegarasi orqali mamlakatimizga olib oʻtilgan taxminiy qiymati 20 milliard soʻmlik, umumiy ogʻirligi 19 kilogramm 119 gramm boʻlgan tilla zargarlik buyumlari ashyoviy dalil sifatida rasmiylashtirib olindi.
Hozirda olingan daliliy ashyolar ekspertizaga yuborilib, holat yuzasidan jinoyat ishi qoʻzgʻatish masalasi koʻrib chiqilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sakkizta gol urilgan oʻyinda “Barselona” gʻalaba qozondi
- “Bashakshehir” Turkiyaning grand klubi bilan durang oʻynadi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- Germaniyada oʻquvchilar harbiy chaqiruvga qarshi namoyishga chiqdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring