Oʻzbekistonda oltin quymalari narxi rekord darajada oshdi

15:45 12 Yanvar 2026 Iqtisodiyot
386 0

Oʻzbekistonda 5 grammli quyma oltin narxi rekord darajada oshdi. Markaziy bank bugun, 12-yanvar kuni eʼlon qilgan maʼlumotga koʻra, qimmatli metall narxi ilk bor 9 mln soʻmdan oshgan.

Regulyator maʼlumotlarida keltirilishicha, oltin quymalari qiymati quyidagicha:

• 5 gramm – 9 mln 10 ming soʻm;

• 10 gramm – 18 mln 20 ming soʻm;

• 20 gramm – 36 mln 40 ming soʻm;

• 50 gramm – 90 mln 100 ming soʻm;

• 100 gramm – 180 mln 200 ming soʻm.

Aytish joiz, Markaziy bank 5-yanvar kunidan eʼtiboran ilk bor oltin quymalarini qaytarib sotib olish narxlarini eʼlon qilishni boshladi. Unga koʻra, 5 gramm oltin quymasini sotish narxi 8 mln 735 ming soʻm boʻlgandi. Narxlar esa qadogʻi butligi yoki buzilganiga qarab farqlanadi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?