Oʻzbekistonda mehmonxonalarga muayyan talablar asosida xizmat koʻrsatishiga ruxsat berildi
Respublika maxsus komissiyasining qarori bilan mehmonxonalar uchun oʻz xizmatlarini tashkil etishda pandemiya sharoitidan kelib chiquvchi qoʻshimcha talablar belgilandi.
Unga koʻra: mehmonxonalarda qabulxona, kutish zallari, yoʻlaklar, zinalar, lift, sanitar-gigiyenik nuqtalari har 8 soatda hamda umumiy foydalanishdagi buyumlar (eshik tutqichi, lift tugmalari, kutish zalidagi stol, roʻyxatga olish joyi stoykasi va undagi ruchkalar) har 2 soatda kamida 1 marotaba dezinfeksiya qilinishi;
umumiy foydalanishdagi obyektlar (lift, sanitariya-gigiyena nuqtalari, valyuta ayriboshlash shoxobchalari, ovqatlanish joylari va boshqalar) antiseptik vositalari bilan uzluksiz taʼminlashi hamda qoʻlni davriy tozalab turish boʻyicha oʻzbek, rus va ingliz tillarida yozilgan ogohlantiruvchi yozuvlar boʻlishi;
binoning kirish qismida tashrif buyuruvchilarning tana haroratini doimiy oʻlchashni va dezinfeksiyalashni yoʻlga qoʻyilishi; xodimlar va mijozlarning sonidan kelib chiqib shaxsiy himoya vositalarining (niqob, qoʻlqop, antiseptik vosita va boshqalar) kamida besh kunlik zaxirasi shakllantirilishi va doimiy mavjud boʻlishi;
mehmonxonaning bandlik darajasi 50 foizdan oshgan taqdirda tibbiyot xodimining doimiy faoliyati taʼminlanishi;
mehmonlarni nomerlarga joylashtirishda oilaviy mehmonlar soni 3 nafardan, boshqa mehmonlar soni 2 nafardan oshmasligi lozimligi belgilandi.
Mazkur talablar nomerlari soni 10 tadan koʻp boʻlgan mehmonxonalarga nisbatan tatbiq etiladi. Pandemiya sharoitida xostellar va mehmon uylari faoliyatiga ruxsat berilmaydi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Analog turmush tarzi”. Insonlarda sunʼiy intellektga qarshi kayfiyat kuchaymoqda
- Dunyo boʻylab qon va koʻzyosh bilan oʻtgan bir hafta — 20 ta suratda
- “Nigilist pingvin”. Ruhan ezilgan va hayotdan maʼno izlayotganlar uchun noodatiy mem ommalashmoqda
- “Butun el-yurtimizni birlashtiradigan ulugʻ bir gʻoya bor. U ham boʻlsa, Vatan manfaati, xalqimiz manfaatidir”
- Tarix va zamonaviylik uygʻunlashgan shahar — Turkiya poytaxtidan fotoreportaj
- Kuchli qichishish va jismoniy azobdan tashqari, insonni ruhan ham yemiradi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring