Oʻzbekistonda mehmonxona va restoran biznesi eng past rivojlangan hudud qaysi?
Milliy statistika qoʻmitasi yashash va ovqatlanish sohasidagi tadbirkorlik subyektlari sonini hududlar kesimida maʼlum qildi.
Unga koʻra, 2025-yilning 1-mart holatida mehmonxona va restoranlar boʻyicha xizmatlar sohasida 27 166 ta tadbirkorlik subyektlari faoliyat koʻrsatmoqda.
Ushbu sohadagi eng past koʻrsatkich 616 ta subyekt bilan Sirdaryo viloyatida qayd etilgan. Eng yaxshi natija esa 5 975 ta faoliyat nuqtasiga ega Toshkent shahrida qayd etilgan.
Boshqa hududlarda, jumladan, Samarqandda 3 117 ta, Toshkent viloyatida 2 902 ta, Fargʻonada 1 950 ta, Buxoroda 1 942 ta, Surxondaryoda 1 585 ta, Qashqadaryo viloyatida 1 574 ta, Xorazmda 1 550 ta, Namanganda 1 233 ta, Andijon viloyatida 1 231 ta, Qoraqalpogʻiston Resp. 1 214 ta, Navoiyda 1 158 ta, Jizzax viloyatida esa 1 119 ta tadbirkorlik subyekti joylashgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
- FIDE jahon kubogi chempioni Javohir Sindarovni kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi (+fotoreportaj)
- “Matonatli Maryam” filmi keng jamoatchilikka taqdim etildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring