Oʻzbekistonda koronavirusga chalingan yana bir bemor vafot etdi

arxiv foto
Oʻzbekistonda koronavirus bilan bogʻliq uchinchi oʻlim holati qayd etildi. Bu haqda Sogʻliqni saqlash vazirligi xabar bermoqda.
Maʼlum qilinishicha, Toshkent viloyati Chirchiq shahrida yashovchi fuqaro Sh. shu yilning 30-mart kuni tez tibbiy yordam orqali ogʻir ahvolda viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasiga yotqizilgan. Unga barcha zarur muolajalar koʻrsatilgan. Shu yilning 31- mart kuni bemorga ixtisoslashgan tibbiy yordam koʻrsatish maqsadida respublika Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy tekshirish instituti klinikasiga oʻtkazilgan. Zudlik bilan amalga oshirilgan laborator tahlil natijasi unda koronavirus infeksiyasi borligini tasdiqlagan.
40 yoshli bemor ushbu klinikaning reanimatsiya boʻlimida sunʼiy nafas olish apparatida boʻlgan.Davolanish davrida tibbiyot fanlari doktori, professor A. Xadjibayev rahbarligida Sogʻliqni saqlash vazirligi bosh pulmonologi, professor I. Liverko, yetakchi reanimatologlar D. Sobirov va X. Sattarov ishtirokida videoaloqa orqali kerakli tavsiyalar berib borilgan. Bundan tashqari, davolash standartlariga muvofiq, virusga qarshi, antibakterial, infuzion, mukolitik, simptomatik va respirator terapiya muolajalari ham olib borilgan.
Biroq qator soha mutaxassislarining oʻtkazgan tezkor reanimatsion muolajalariga qaramasdan kecha oqshom bemorning ahvoli keskin yomonlashgan.Yetakchi reanimatolog va bosh torakal xirurg Sh. Xudoybergenov boshchiligidagi mutaxassislardan kerakli tavsiyalar ham olingan. Berilgan tavsiyalarni toʻliq bajarilishiga qaramasdan bemor Sh.da yurak va oʻpka yetishmovchiligi sabab yurak faoliyati toʻxtashi kuzatilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Ish haqi, pensiya, nafaqa va stipendiyalar miqdori 10 foizga oshiriladi
- Eron va Isroil oʻrtasidagi ziddiyatlar xronologiyasi yoxud bugungi “urush”ning ildizi qayerda?
- Olimlar Alsgeymer kasalligidan himoya qiluvchi parhez haqida maʼlumot berishdi
- Dollar kursi oshishda davom etmoqda
- Parkentda yiliga 20 ming sayyohni qabul qiladigan turistik majmua ochilmoqda
- Oʻzgarishlarni soʻz bilan uygʻotgan jurnalist
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring