Oʻzbekistonda ikki yarim oyda 327 mlrd soʻmlik gaz oʻgʻirlandi
Foto: Prokuratura departamenti
Oʻzbekistonda ikki yarim oyda 327 mlrd soʻmlik gazdan noqonuniy foydalanildi. Bu haqda Energetika vazirligi axborot xizmati xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, 2024-yil 1-dekabrdan joriy yil 15-fevralgacha tabiiy gazdan noqonuniy foydalanishga oid 167 ta holat aniqlangan. Bu orqali 82 million 158,9 ming kub metr tabiiy gazdan asossiz foydalanilib, davlat manfaatlariga 210 milliard 428,2 million soʻmlik zarar yetkazilgan.
Shuningdek, “Hududgaztaʼminot” AJning bergan maʼlumotiga koʻra, jamiyat masʼul xodimlari tomonidan mazkur davrda 6472 ta noqonuniy foydalanish holati aniqlangan. Ushbu holatlar boʻyicha 50 million 890 ming kub metr tabiiy gaz uchun 117 milliard 300 million soʻm miqdorida qayta hisob-kitob qilingan.
Shu vaqt oraligʻida 4942 dona maishiy gaz ballonida 77,8 tonna (36 ming kub metrga teng) hajmdagi suyultirilgan gazning noqonuniy sotilishi oldi olingan.
Hisobot davrida noqonuniy foydalanilgan tabiiy gaz hajmi 133 million 84,9 ming kub metr boʻlib, bu miqdordagi tabiiy gaz 266 ming 170 ta xonadonning qishki davrdagi bir oylik meʼyoriy bazasiga tengdir. Qolaversa, agar ushbu gaz resurslaridan oqilona foydalanilganida, metan zapravkalar 10 kun davomida uzluksiz ishlash imkoniyatiga ega boʻlardi.
Hozirda aniqlangan barcha holat boʻyicha tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, nazorat organlariga yuborilgan.
Noqonuniy foydalanish holatlarini oldini olish boʻyicha Bosh prokuratura, “Oʻzenergoinspeksiya” va boshqa tegishli masʼul idoralar tomonidan doimiy nazorat tadbirlari olib borilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Loʻlilar faqat tilanchimi?...” Ular yashayotgan mahalladan fotoreportaj
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- Yangilanayotgan Markaziy Osiyo: birlik, doʻstlik va hamkorlikning yangi bosqichi
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Nogironligi boʻlgan fuqarolarga 30 mln soʻmgacha foizsiz ssuda ajratiladi
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring