Oʻzbekistonda gastronomik atamalarning elektron lugʻati yaratildi
Oʻzbekiston gastronomik turizm assotsiatsiyasi tomonidan yurtimizning gastronomik turizm salohiyatini yana-da oshirish maqsadida sohadagi terminlarning elektron lugʻati yaratildi. Bu haqda Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi xabar berdi.
Mazkur lugʻat oʻzbek, rus, ingliz tillarida tayyorlangan boʻlib, undan gastronomik terminlar, taom tayyorlash jarayoni va bosqichlarini ifodalovchi soʻz birikmalari hamda ularning tarjimasi oʻrin egallagan. Lugʻat nafaqat yurtimizdagi restoran va umumiy ovqatlanish tizimida faoliyat yuritadigan tadbirkorlarga, qolaversa, Oʻzbekistonga tashrif buyuradigan sayyohlar uchun ham qulaylik yaratadi.
Bunda elektron lugʻat yordamida taomnomalarni bemalol tarjima qilish, taom tarkibi, uning tayyorlanish jarayoni haqida batafsil maʼlumot berilgan. Lugʻat intellektual mulk agentligida roʻyxatdan oʻtkazilgan boʻlib, sayyohlar va mijozlarning foydalanishi uchun qulaydir. Shu oʻrinda, foydalanuvchilar uchun juda qulay va oson platformada yaratilgan elektron lugʻat ilovasi Play market tarmogʻida ham joylangan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Analog turmush tarzi”. Insonlarda sunʼiy intellektga qarshi kayfiyat kuchaymoqda
- Dunyo boʻylab qon va koʻzyosh bilan oʻtgan bir hafta — 20 ta suratda
- Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universitetida “Yaldo kechasi” romanining taqdimoti oʻtkazildi
- “Butun el-yurtimizni birlashtiradigan ulugʻ bir gʻoya bor. U ham boʻlsa, Vatan manfaati, xalqimiz manfaatidir”
- “Nigilist pingvin”. Ruhan ezilgan va hayotdan maʼno izlayotganlar uchun noodatiy mem ommalashmoqda
- Tarix va zamonaviylik uygʻunlashgan shahar — Turkiya poytaxtidan fotoreportaj
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring