Oʻzbekistonda chet el kapitali ishtirokidagi korxonalar soni toʻgʻrisida maʼlumot berildi

13:36 15 Dekabr 2025 Jamiyat
159 0

2025-yilning 1-dekabr holatiga Oʻzbekistonda chet el investitsiyalari ishtirokida jami 17 ming 900 ta korxonalar faoliyat yuritmoqda. Bu haqida Milliy statistika qoʻmitasi maʼlumot berdi.

Chet el investitsiyasi ishtirokidagi korxonalar soni oxirgi 5-yilda 1,9 barobarga oshgan.

Oʻzbekistondagi chet el investitsiyasi ishtirokidagi korxonalar soni boʻyicha TOP-10 davlatlar quyidagicha taqsimlangan:

  • Xitoy — 4 ming 873 ta;
  • Rossiya — 3 ming 209 ta;
  • Turkiya — 2 ming 109 ta;
  • Qozogʻiston — 1 ming 199 ta;
  • Janubiy Koreya — 691 ta;
  • Afgʻoniston — 637 ta;
  • BAA — 404 ta;
  • Tojikiston — 386 ta;
  • Hindiston — 364 ta;
  • AQSH — 353 ta.

Qoʻmita maʼlumotlariga koʻra, mavjud korxonalarning 4 ming 228 tasi qoʻshma va 13 ming 672 tasi xorijiy korxonalardir.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?