O‘zbekistonda adaptiv sportni rivojlantirish — teng imkoniyatlar sari qadam
Foto: Yunus Bo‘riyev / «Xalq so‘zi»
Prezidentning 2024-yil 8-noyabrdagi qarori asosida O‘zbekistonda nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun adaptiv sportni rivojlantirish yo‘nalishida keng qamrovli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Yagona tizim yaratilib, Paralimpiya, Surdolimpiya va Maxsus Olimpiya harakatlari muvofiqlashtirildi, «Inson» ijtimoiy xizmatlar markazi orqali sportga yo‘llanma berish tartibi joriy etildi.
2025-yil 1-may holatiga 11 533 nafar fuqaro sportga jalb qilindi, 2 375 nafar bola adaptiv sport guruhlariga qamrab olindi. 1091 nafar murabbiy elektron tizimda ro‘yxatdan o‘tdi, 362 nafar trener malaka oshirish kurslarini tamomladi. «Iroda va matonat oyligi» doirasida 71 892 nafar fuqaro «Besh tashabbus paralimpiadasi»da ishtirok etdi.
«Inson uchun» shiori ostidagi marafonlar va inklyuziv tadbirlar respublika bo‘ylab yo‘lga qo‘yildi. Yil oxiriga qadar adaptiv sport tadbirlari ikki barobarga ko‘paytirilishi, oliy ta’lim muassasalarida 10 mingga yaqin talabaning jalb etilishi rejalashtirilgan.








Foto: Yunus Bo‘riyev / «Xalq so‘zi»
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sakkizta gol urilgan oʻyinda “Barselona” gʻalaba qozondi
- “Bashakshehir” Turkiyaning grand klubi bilan durang oʻynadi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- FIDE jahon kubogi chempioni Javohir Sindarovni kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi (+fotoreportaj)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring