“Menimcha, vaqt keldi”. Tramp Ukrainada prezidentlik saylovlarini oʻtkazishga chaqirdi
AQSH prezidenti Donald Trampning aytishicha, Ukrainada prezidentlik saylovlarini oʻtkazish vaqti yetgan. Bu haqda u Politico nashriga bergan intervyusida maʼlum qilgan.
“Menimcha, vaqt keldi. Oʻylaymanki, hozir saylov oʻtkazish uchun nihoyatda muhim palladir. Ular urushni saylov oʻtkazmaslik uchun bahona qilmoqda, ammo, nazarimda, ukrain xalqining oʻz tanloviga ega boʻlishi kerak. Balki Zelenskiy gʻolib ham boʻlar”, — dedi AQSH rahbari mazkur savolga javoban.
Tramp qoʻshimcha qilib, Ukrainada “anchadan beri prezidentlik saylovlari boʻlmagani”ni taʼkidladi.
“Bilasizmi, ular demokratiya haqida gapiradi, ammo ishning borishi shunday darajaga yetdiki, bu endi demokratiyaga oʻxshamay qolmoqda”, — dedi u.
Ukraina qonunchiligiga koʻra, harbiy holat amal qilayotgan davrda saylovlar, jumladan prezidentlik va parlament saylovlari ham vaqtincha toʻxtatiladi. Mamlakatda harbiy holat 2022-yil fevralidan beri davom etmoqda.
Shuni ham qayd etish kerakki, joriy yilning fevral oyida ham Donald Tramp Ukrainada prezidentlik saylovlarini oʻtkazishga chaqirgan edi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sakkizta gol urilgan oʻyinda “Barselona” gʻalaba qozondi
- “Bashakshehir” Turkiyaning grand klubi bilan durang oʻynadi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- FIDE jahon kubogi chempioni Javohir Sindarovni kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi (+fotoreportaj)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring