Oʻzbekiston va Rossiya yetakchilari ikki tomonlama munosabatlarning dolzarb masalalarini muhokama qildilar

03:21 10 May 2025 Siyosat
238 0

9-may kuni Moskva shahridagi tadbirlar doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putinning uchrashuvi boʻlib oʻtdi.

Suhbat avvalida davlat rahbarlari Gʻalabaning 80-yilligi munosabati bilan bir-birini samimiy qutladilar.

Oʻzbekiston-Rossiya keng qamrovli strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada kengaytirish va mustahkamlash, shu jumladan Rossiya Prezidentining oʻtgan yil may oyidagi Oʻzbekistonga tashrifi davomida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish masalalari koʻrib chiqildi.

Savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlik surʼatini saqlab qolishga qaratilgan muvofiqlashtirilgan chora-tadbirlarni qabul qilish muhim ekani taʼkidlandi.

Iqtisodiyotning ustuvor tarmoqlaridagi loyihalarni tayyorlash va amalga oshirishni jadallashtirish, shuningdek, hududlar oʻrtasidagi kooperatsiya aloqalarini ragʻbatlantirishga alohida eʼtibor qaratildi.

Gumanitar almashinuvlar, eng avvalo, madaniyat, sanʼat, fan va taʼlim sohalarida samarali boʻlayotgani katta mamnuniyat bilan qayd etildi.

Oʻzbekiston va Rossiya yetakchilari xalqaro ahamiyatga molik masalalar yuzasidan ham fikr almashdilar.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер