O‘zbekiston va Malayziya hukumatlari o‘rtasida jinoiy ishlar bo‘yicha o‘zaro huquqiy yordam to‘g‘risidagi Shartnoma ratifikatsiya qilinmoqda
Foto: Akmal Muhammadov / “Xalq so‘zi”
Senatning to‘rtinchi yalpi majlisida ko‘rib chiqilgan yana bir hujjat “O‘zbekiston Respublikasi bilan Malayziya Hukumati o‘rtasida jinoiy ishlar bo‘yicha o‘zaro huquqiy yordam to‘g‘risidagi Shartnomani (Toshkent, 2023 yil 8 iyun) ratifikatsiya qilish haqida”gi Qonundir.

Ushbu Shartnomada jinoiy ish bo‘yicha tergov hamda boshqa prosessual harakatlarni o‘tkazish bilan bog‘liq huquqiy yordam ko‘rsatish asoslari va shartlari ko‘rsatib o‘tilmoqda. Shuningdek, so‘rov shakli va mazmuni, uning ijrosini ta’minlash, huquqiy yordam ko‘rsatishni rad etish asoslari hamda Shartnoma doirasida olingan ma’lumot va dalillardan foydalanishda cheklovlar bilan bog‘liq masalalarga aniqliklar kiritilmoqda.

Qonun bilan ratifikatsiya qilinayotgan Shartnomada shaxslarning manzili yoki ularning shaxsiga aniqlik kiritish masalalari belgilab qo‘yilmoqda. So‘rayotgan Tomon murojaatiga ko‘ra so‘ralayotgan Tomon o‘z qonunchiligi doirasida so‘rovda ko‘rsatilgan shaxs so‘ralayotgan Tomon hududida ekanligiga yetarli asos mavjud bo‘lganda uni topish hamda shaxsini aniqlashda zarur bo‘lgan barcha choralarni ko‘rishi nazarda tutilmoqda.

Senatorlarning fikricha, Qonunning qabul qilinishi ikki davlat huquqni muhofaza qiluvchi organlari faoliyatining jinoiy ishlarni tergov qilish va sudda ko‘rish davomidagi samaradorligini oshirishga, shuningdek, Malayziya Hukumati bilan jinoiy ishlar bo‘yicha o‘zaro huquqiy yordam ko‘rsatish qonuniy asoslarini mustahkamlashga xizmat qiladi.
Muhokama yakunida Qonun senatorlar tomonidan ma’qullandi.


Foto: Akmal Muhammadov / “Xalq so‘zi”
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Matonatli Maryam” filmi keng jamoatchilikka taqdim etildi
- FIDE jahon kubogi chempioni Javohir Sindarovni kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi (+fotoreportaj)
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
- “Barselona” La Ligada navbatdagi gʻalabasini qoʻlga kiritdi
- Bugun 2026-yilgi Jahon chempionatiga qurʼa tashlanadi
- Prezident poytaxtda transport tizimini yangilashga doir muhim qarorni imzoladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring