Oʻzbekiston va AQSH foydali qazilmalar sohasida hamkorlik boʻyicha kelishuvlar imzoladi
Investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Kudratov boshchiligidagi delegatsiya AQSHda boʻlib, foydali qazilmalar sohasida kelishuvlarga erishdi.
7-aprel kuni delegatsiya togʻ-kon sanoati, mehmonxona biznesi va oziq-ovqat sanoati yoʻnalishlarida faoliyat yurituvchi kompaniyalar bilan muzokaralar olib bordi. Uchrashuvlarda Oʻzbekistonda biznes yuritish imkoniyatlari, yaratilgan sharoitlar va sarmoya uchun qulay muhit haqida taqdimotlar boʻlib oʻtdi.
Yakunda foydali qazilmalar sohasida hamkorlik boʻyicha kelishuvlar imzolandi. Unga muvofiq, foydali qazilma konlarini izlash va qazib olishga sarmoya jalb qilish, yuqori darajada maydalash komplekslarini qurish, innovatsion texnologiyalarni joriy etish hamda oʻzbekistonlik mutaxassislarning malakasini oshirish boʻyicha rejalar belgilandi.
Bundan tashqari, mehmonxonalar qurilishi boʻyicha hamda turizm sohasida yangi loyihalar muhokama qilinib, ularni amalga oshirish muddatlari kelishib olingan.
Ayni paytda imzolangan kelishuvlarning tafsilotlari ochiqlanmadi, lekin loyihalar boʻyicha masʼul loyiha menejerlari tayinlangan va kelishuvlar tegishli hujjatlar bilan huquqiy jihatdan mustahkamlangan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
- Bu yil Oʻzbekiston Proligasida 14 ta jamoa ishtirok etadi
- Shavkat Mirziyoyev Vashington shahrida Tinchlik kengashining dastlabki yigʻilishida ishtirok etdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring