Oʻzbekiston Tojikiston va Qirgʻiziston bilan birgalikda Osiyo kubogiga mezbonlik qilishi mumkin

18:52 24 Fevral 2025 Jamiyat
233 0

Oʻzbekiston, Tojikiston va Qirgʻiziston 2031-yilgi Osiyo kubogini birgalikda oʻtkazish boʻyicha OFKga nomzodlik taklifini yubordi, deb xabar bermoqda Oʻzbekiston Futbol Assotsiatsiyasi.

Osiyo futbol konfederatsiyasi 2031-yilda Osiyo qitʼasining eng nufuzli futbol turniri boʻlgan Osiyo kubogi mezbonligiga nomzodlarni koʻrib chiqishni boshladi.

Qayd etilishicha, soʻnggi yillarda Markaziy Osiyoda futbol borasida amalga oshirilayotgan islohotlar, yaratilayotgan sharoitlar, xalqaro maydondagi nufuzidan kelib chiqqan holda Oʻzbekiston, Tojikiston, Qirgʻiz Respublikasi futbol uyushmalari birgalikda Osiyo kubogi mezbonligini yuqori saviyada oʻtkazishga ishonch bildirib, oʻz qoʻshma nomzodini ilgari surgan.

“Bugungi kunda qoʻshni mamlakatlar bilan birga Oʻzbekiston ham nufuzli musobaqani qabul qilishga har tomonlama tayyor. Toshkent, Namangan, Fargʻona, Qarshi kabi shaharlarda stadionlar xalqaro standartlarga mos ravishda tartibga keltirildi”, deyiladi OʻFA xabarida.

Shuningdek, oxirgi yillarda Osiyoning U-20, U-23 turnirlari, Futzal boʻyicha Jahon chempionati mezbonligi ulkan tajriba vazifasini oʻtagani alohida qayd etilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер