O‘zbekiston Prezidenti ShHT bosh kotibini qabul qildi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 5-mart kuni mamlakatimizda tashrif bilan bo‘lib turgan Shanxay hamkorlik tashkiloti bosh kotibi Nurlan Yermekbayevni qabul qildi.
Ushbu nufuzli tashkilot doirasidagi ko‘p tomonlama sheriklikni rivojlantirishning dolzarb masalalari muhokama qilindi.
Barqarorlik va xavfsizlikka tahdid solayotgan umumiy xavf va xatarlarga qarshi kurashishda amaliy sa’y-harakatlarni kengaytirish, yaxshi qo‘shnichilik, ishonch va sheriklik tamoyillari asosida hamkorlikni yanada chuqurlashtirish muhim ekani ta’kidlandi.
Samarqand sammitida boshlangan ShHT faoliyatini modernizatsiya qilish jarayonini davom ettirish, jumladan, tashkilotning barcha tuzilmalari faoliyati samaradorligini oshirishga alohida e’tibor qaratildi.
"Yangi iqtisodiy muloqot"ni rivojlantirish konsepsiyasi va mamlakatimizning boshqa qator tashabbuslarini amalga oshirish zarurligi qayd etildi. Bular savdoni soddalashtirish to‘g‘risidagi bitim, elektron tijorat dasturi, investitsiyalarni rag‘batlantirish kompleksi, logistikada raqamlashtirish rejasi, "SHHT kelajak texnologiyalari" dasturi, Oziq-ovqat xavfsizligi atlasi va boshqalarni qabul qilishdir.
Shuningdek, Xitoyda bo‘lajak ShHT sammitiga tayyorgarlik ko‘rish masalalari muhokama qilindi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Bashakshehir” Turkiyaning grand klubi bilan durang oʻynadi
- Sakkizta gol urilgan oʻyinda “Barselona” gʻalaba qozondi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- Germaniyada oʻquvchilar harbiy chaqiruvga qarshi namoyishga chiqdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring