Oʻzbekiston Prezidenti Xitoyning yetakchi “Amer International” kompaniyasi raisini qabul qildi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 17-oktyabr kuni Pekin shahriga amaliy tashrif doirasida oʻziga ajratilgan qarorgohda “Amer International” industrial-sanoat xoldingi raisi Van Veninni qabul qildi.
Xitoyning yetakchi konglomeratlaridan biri boʻlgan “Amer International” yuksak texnologiyalar, elektronika, yarimoʻtkazgichlar sanoati, konchilik va qayta ishlash tarmoqlaridagi loyihalar bilan shugʻullanadi. Kompaniya “Fortune 500” global reytingiga kirgan. Xitoyda va uning tashqarisida umumiy qiymati 60 milliard dollardan ziyod boʻlgan loyihalarni amalga oshirmoqda.
Van Venin Oʻzbekistonda olib borilayotgan islohotlar dasturi xorijiy, shu jumladan Xitoy kompaniyalari uchun qulay sharoit yaratayotgani va keng imkoniyatlar ochayotganini taʼkidladi.
Kompaniya mamlakatimizga Markaziy Osiyo mintaqasidagi biznesining bosh yoʻnalishi sifatida qarayotgani qayd etildi.
Misni chuqur qayta ishlash va undan yuqori qoʻshilgan qiymatli innovatsion va xaridorgir mahsulotlar, shu jumladan elektrotexnika, elektromobillar uchun akkumulyator batareyalari, mikroelektronika va yarimoʻtkazgichlar ishlab chiqarish boʻyicha istiqbolli loyihalar muhokama qilindi.
“Amer International” kompaniyasi raisi Xorijiy investorlar kengashi faoliyatida ishtirok etishi, mamlakatimizda mintaqaviy ofis ochish hamda qoʻshma innovatsion loyihalarni tezlashtirish boʻyicha “yoʻl xaritasi”ni qabul qilish yuzasidan kelishuvga erishildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Eron va Isroil oʻrtasidagi ziddiyatlar xronologiyasi yoxud bugungi “urush”ning ildizi qayerda?
- Olimlar Alsgeymer kasalligidan himoya qiluvchi parhez haqida maʼlumot berishdi
- Dollar kursi oshishda davom etmoqda
- Parkentda yiliga 20 ming sayyohni qabul qiladigan turistik majmua ochilmoqda
- Oʻzgarishlarni soʻz bilan uygʻotgan jurnalist
- “100 milliondan ortiq gullar, modalar haftaligi hamda turfa taomlar taqdimoti”: Namanganda oʻtkazilayotgan 64-Xalqaro gullar festivalidan video va fotoreportaj
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring