Oʻzbekiston Prezidenti Belarus Milliy Majlisi Respublika Kengashi Raisini qabul qildi

Foto: Prezident matbuot xizmati
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 7-aprel kuni Parlamentlararo ittifoqning 150-Assambleyasi doirasida mamlakatimizda bo‘lib turgan Belarus Respublikasi Milliy Majlisi Respublika Kengashi Raisi Natalya Kochanovani qabul qildi.
Uchrashuv avvalida Belarus delegatsiyasi rahbari O‘zbekiston yetakchisiga Prezident Aleksandr Lukashenkoning salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazdi.
Ko‘p qirrali O‘zbekiston-Belarus munosabatlarini yanada kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.
Tovar ayirboshlash hajmi jadal ortib borayotgani, sanoat va qishloq xo‘jaligida kooperatsiya loyihalari muvaffaqiyatli amalga oshirilayotgani, hududlar o‘rtasidagi hamkorlik samarali bo‘layotgani, madaniyat, ta’lim va sog‘liqni saqlash sohalaridagi almashinuvlar faollashgani mamnuniyat bilan qayd etildi.
Faol parlamentlararo muloqotni davom ettirish, shu jumladan oliy darajada erishilgan kelishuvlarning parlament nazoratini ta’minlash va o‘z vaqtida bajarilishiga ko‘maklashish muhim ekani ta’kidlandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Saudiya Arabistonida “Oʻzbekiston madaniyati kunlari” davom etmoqda
- Toshkentda “Oʻzbekkosmos” va “NASA” agentliklari hamkorligida “NASA Space Apps Challenge 2025” Hakaton tadbiri oʻtkazilmoqda
- Super oy: Bugun Yerning tabiiy yoʻldoshi odatdagidan ancha katta koʻrinmoqda
- JSST: Gʻazoda birorta shifoxona toʻliq ishlamayapti
- Aholi va qishloq xoʻjaligini roʻyxatga olishga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish tartibi belgilandi
- Markaziy Osiyo pedagoglari Nukusda jam boʻldi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring