O‘zbekiston mahallalari bo‘ylab virtual sayohat tashkil etiladi

Qadimiy va boy tarixiy ildizlarga ega o‘zbek mahallalarining bugungi kunda jamiyat hayotida o‘rni beqiyosdir. O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazida ayni kunda mamlakatda mahallalar o‘rni va ahamiyati o‘rganilishi, ularning raqamli katalogi yaratilishi reja qilingan.
Mutaxassislar tomonidan har bir mahallaning tarixiy, madaniy va ijtimoiy jihatlarini o‘z ichiga olgan ma’lumotlar bazasi shakllantiriladi.
Mahallalar tadqiq etilib ilmiy ishlanmalar, turli ko‘rinishda kontent va qisqa metrajli filmlar tayyorlanadi. Ulardan ekspozitsiya uchun 3D shaklida qiziqarli media mahsulotlar yaratiladi. Ekspozitsiyaga tashrif buyuruvchilar O‘zbekiston mahallalari bo‘ylab virtual sayohat qilish, mahallalar tizimida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlaridan boxabar bo‘lishlari mumkin.
Ushbu loyihalar O‘zbekiston mahallalari uyushmasi, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, Raqamli texnologiyalar va sun’iy intellektni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot instituti va xorijiy hamkor Rossiyaning “Sila sveta” kompaniyasi hamkorligida amalga oshirilishi rejalashtirilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Eron va Isroil oʻrtasidagi ziddiyatlar xronologiyasi yoxud bugungi “urush”ning ildizi qayerda?
- Olimlar Alsgeymer kasalligidan himoya qiluvchi parhez haqida maʼlumot berishdi
- Dollar kursi oshishda davom etmoqda
- Parkentda yiliga 20 ming sayyohni qabul qiladigan turistik majmua ochilmoqda
- Oʻzgarishlarni soʻz bilan uygʻotgan jurnalist
- “100 milliondan ortiq gullar, modalar haftaligi hamda turfa taomlar taqdimoti”: Namanganda oʻtkazilayotgan 64-Xalqaro gullar festivalidan video va fotoreportaj
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring