O‘zbekiston mahalla tizimi dunyo nigohida
Foto: Akmal Muhammadov / “Xalq so‘zi”
Avval xabar qilganimizdek, Samarqandda O‘zbekiston Prezidentining “Kambag‘allikdan farovonlik sari” g‘oyasi asosida “Mahalliy aholining turmush darajasini oshirishda mahallaning o‘rni” mavzusida xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tmoqda.
Ko‘hna kentda o‘tkazilayotgan mazkur xalqaro konferensiyadan ko‘zlangan maqsad - mahalla instituti va kuchli fuqarolik jamiyatini shakllantirish va rivojlantirish bo‘yicha O‘zbekiston tajribasini xorijda keng targ‘ib etish, bu borada chet davlatlarning ilg‘or tajribasini o‘rganish hamda o‘zaro hamkorlik o‘rnatishdan iborat.

Mazkur xalqaro tadbir dunyoning ko‘plab nufuzli tuzilmalari hamda 70 dan ortiq mamlakatlar ekspertlarini yagona platformaga birlashtirdi.
Xalqaro anjumanda jumladan, BMTning O‘zbekistondagi vakolatxonasi, Unicef, UNDP, UNODC, UNFPA, USAID kabi xalqaro tashkilotlar vakillari, xorijiy mamlakatlarning yurtimizdagi elchilari, o‘zbekistonlik soha mutaxassislari, olimlar, mahalla faollari ishtirok etmoqda.

Yalpi majlisdan so‘ng konferensiya ishi shoʻbalarga bo‘lingan holda davom etdi. Unda “Markaziy Osiyo mamlakatlarining o‘zini o‘zi boshqarish organlari tajribasi”, “Davlat boshqaruvida o‘zini o‘zi boshqarish organlarining o‘rni”, “O‘zini o‘zi boshqarish organlarida xotin-qizlar, yoshlar va bolalar manfaatlarining ta’minlanishi”, “O‘zini o‘zi boshqarish organlarida zamonaviy texnologiyalarni joriy etish, ilmiy tadqiqot faoliyatini rivojlantirish va malaka oshirish tizimini takomillashtirish” kabi mavzular muhokama qilinmoqda.
Anjuman so‘ngida konferensiya natijalariga doir tomonlarning yakuniy deklaratsiyasi imzolanadi.
































Abdulaziz YO‘LDOSHYEV
(Xalq so‘zi)
Foto: Akmal Muhammadov / “Xalq so‘zi”
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- “Matonatli Maryam” filmi keng jamoatchilikka taqdim etildi
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- FIDE jahon kubogi chempioni Javohir Sindarovni kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi (+fotoreportaj)
- Reuters: Asadning Moskvadagi tarafdorlari Suriyada qoʻzgʻolon rejalashtirmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring