Oʻzbekiston korxonasi Polshaga trikotaj va tekstil mahsulotlari yetkazib beradi
Fargʻona viloyati Oltiariq tumani hokimi Shamsiddin Turdaliyev boshchiligidagi delegatsiya amaliy tashrif bilan Polshada boʻldi. Bu haqda “Dunyo” axborot agentligi xabar berdi.
Qayd etilishicha, tadbir doirasida Fargʻona viloyati va Oltiariq tumanida yetishtirilgan quritilgan meva-sabzavot mahsulotlari koʻrgazmasi tashkil etildi.
“Oltiariq tumanida faoliyat olib borayotgan «Namza expo art tekstiL” MCHJ tomonidan ishlab chiqarilayotgan trikotaj va tekstil mahsulotlarini sotish uchun Varshavada Savdo uyi tashkil etildi. Mazkur korxona joriy yil yakuniga qadar Polshaga 7 million AQSH dollariga teng mahsulotlar yetkazib beradi.
Tadbir yakunida ikki davlat tadbirkorlari oʻrtasida V2V uchrashuvlar oʻtkazildi. Unda 15 million AQSH dollarga teng qishloq xoʻjaligi, toʻqimachilik va tekstil mahsulotlarini yetkazib berish boʻyicha kelishuvlarga erishildi», deyiladi xabarda.
Varshava shahridagi qishloq xoʻjalik mahsulotlarini Yevropa davlatlari boʻylab yetkazib beruvchi “EWA-BIS” MCHJ rahbari Marek Marzes bilan uchrashuvda esa Fargʻona viloyati va Oltiariq tumanida yetishtirilgan qishloq xoʻjalik mahsulotlarini Polsha orqali Yevropa bozorlariga sotishga toʻgʻrisidagi kelishuvga erishildi.
Oʻzbekiston vakillari safar davomida Varshava shahridagi bozorlarda boʻlib, qishloq xoʻjaligi mahsulotlari sifati va ularni sotish jarayonlari hamda narxlarni oʻrgandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Abduqodir Husanov yana bir bor “Real Madrid”ga qarshi oʻynaydi
- Bolalar saratoniga qarshi kurash: xalqaro hamkorlikdagi muhim qadam
- Oʻzbekistonning 7 ta moddiy va nomoddiy madaniy meros obyektlari AYSESKO roʻyxatiga kiritildi
- Superliganing 2026-yilgi mavsumi boshlanmoqda
- Har burchagida tarix yashiringan shahar — Londondan fotoreportaj
- Erkaklar ayollarga nisbatan koʻproq kaloriya isteʼmol qilishi kerakmi?
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring