Oʻzbekiston delegatsiyasi Yevropa parlamentida qator uchrashuvlar oʻtkazdi
Avval xabar berganimizdek, Oliy Majlis Senatining Mudofaa va xavfsizlik masalalari qoʻmitasi raisi Qutbiddin Burxanov boshchiligidagi Oʻzbekiston delegatsiyasi Bryussel shahrida boʻlib turibdi.
Oʻzbekiston delegatsiyasi tashrif doirasida Yevropa Ittifoqi va Yevropa parlamenti vakillari bilan qator uchrashuvlar oʻtkazdi. Jumladan, Yevropa parlamentining Huquqiy masalalar boʻyicha qoʻmita raisi Ilhan Kyuchyuk bilan uchrashuvda ikki tomonlama siyosiy muloqot va parlamentlararo hamkorlikni mustahkamlash masalalari muhokama qilindi.
Belgiya Senati aʼzosi, “Belgiya–Oʻzbekiston” doʻstlik ligasi raisi Stefani DʼOz bilan boʻlib oʻtgan suhbat chogʻida parlamentlararo aloqalar va iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish istiqbollari koʻrib chiqildi.
Yevropa parlamentining deputati Tomas Zdexovskiy bilan uchrashuvda esa parlamentlararo muloqotni kengaytirish, mintaqaviy barqarorlik va iqtisodiy hamkorlikni kuchaytirish masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, parlamentlarning ixtisoslashgan qoʻmitalari oʻrtasida oʻzaro tajriba almashish orqali hamkorlikni rivojlantirish yuzasidan ham fikr almashildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
- Bu yil Oʻzbekiston Proligasida 14 ta jamoa ishtirok etadi
- Shavkat Mirziyoyev Vashington shahrida Tinchlik kengashining dastlabki yigʻilishida ishtirok etdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring