Oʻzbekiston avtomobil ishlab chiqaruvchi kompaniyasi Seuldagi global konferensiyada taqdim etildi

Janubiy Koreyaning jahonga mashhur “Hyundai-KIA korporatsiyasining Seulda boʻlib oʻtgan «KIA Global Distributors Convention” global konferensiyasida Oʻzbekistonning “KIA”, “Chery”, “Haval”, “Renault” va “Lada” brendlarini ishlab chiqarayotgan “ADM Global” xolding kompaniyasi taqdim etildi.
2023-yil yakunlariga koʻra, “ADM Global” xoldingi tarkibiga kiruvchi “ADMJizzakh” avtomobil zavodi “KIAning yil hamkori” deya eʼlon qilindi. Tantanali marosimda “KIA Corporation” prezidenti va bosh direktori Song Xo Sung kubokni “ADMJizzakh” bosh direktoriga topshirdi hamda oʻzbekistonlik hamkorlarga yuqori darajadagi ishlari uchun minnatdorlik bildirdi.
2020-yilda tashkil etilganidan buyon “ADMJizzakh” zavodi yuqori darajadagi ishlab chiqarish, barqaror sotish surʼatlari va “KIA” brendining yanada barqaror oʻsish dinamikasini namoyish etdi, buning natijasi oʻlaroq “KIA Corporation”ning eng yaxshi hamkori sifatida eʼtirof etildi.
-“ADMJizzakh” erishgan “KIA” brendining bugungi kundagi savdo oʻsish dinamikasini va mashhurlik darajasini hech bir kompaniya koʻrsata olmadi. Shuning uchun biz oʻzbekistonlik hamkorlarning saʼy-harakatlari va natijalarini yuqori baholab “KIAning yil hamkori” sifatida oʻzbekistonlik ishlab chiqaruvchini tanladik va kubok topshirdik - dedi Song Xo Sung.
Ishlab chiqarishni tashkil etishning aniq tizimi, yaxshi yoʻlga qoʻyilgan biznes jarayonlari va mijozlarga xizmat koʻrsatishning eng yuqori darajasi “ADMJizzakh”ning asosiy ustunligi hisoblanadi.
-Mahsulotlarimiz isteʼmolchilarning barcha talablariga javob berishini taʼminlash uchun juda koʻp mehnat qildik va yanada koʻproq ishlashda davom etamiz. Bugungi kunda “ADMJizzakh” zavodi sifat jihatidan yangi bosqichga koʻtarildi, – dedi kompaniya bosh direktori Doniyor Davletyorov. - Bizning juda katta rejalarimiz bor. Ishonchim komilki, biz hamkorlarimiz bilan birgalikda sotishning yanada yuqori darajasini, shuningdek, Oʻzbekistonda “KIA” brendining jadal rivojlanishi va mustahkamlanishini taʼminlaymiz.
Hozirgi paytda zavodda avtomobillarni keng miqyosda yigʻish ishlari olib borilmoqda. Shuningdek, 75 gektar maydonda mahalliylashtirish darajasi yuqori boʻlgan yangi toʻliq hajmdagi zavod qurilmoqda. Zavodning quvvati yiliga 100 ming donadan ortiq avtomobil ishlab chiqarishni tashkil etadi.
Mijozlar bilan ishlashda ham mutlaqo yangi yondashuvlarni taʼkidlash kerak. Kompaniya muntazam ravishda “KIA” avtomobillarini xarid qilishni yanada jozibador va foydali qiladigan turli aksiyalarni oʻtkazib turadi. “KIA” avtomobillarini oʻzbekistonlik xaridor uchun imkon qadar jozibador qilish uchun “ADMJizzakh” kompaniyasi doimiy ravishda oʻz modellarini yangilash ustida ish olib borayapti va yetakchi banklar hamda sugʻurta kompaniyalari bilan hamkorlik qilmoqda. Bunday hamkorlik sizga eng qulay va arzon shartlarda avtomobil sotib olish imkonini taqdim etadi.
“KIA Corporation” sifatli avtomobillar ishlab chiqaruvchi hisoblanadi. Kompaniya 1944-yilda tashkil etilgan va Janubiy Koreyadagi birinchi avtomobil ishlab chiqargan korxonaga aylandi. “Hyundai-KIA” atomobillar guruhi tarkibiga kiruvchi kompaniya dunyodagi eng mashhur brendlaridan biri boʻlishga intiladi. Butun dunyo boʻylab “KIA” ishlab chiqarish korxonalarida har yili 2,9 milliondan ortiq avtomobil ishlab chiqariladi va kompaniyaning 165 mamlakatdagi distribyutor hamda dilerlik tarmogʻi orqali sotiladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Eron va Isroil oʻrtasidagi ziddiyatlar xronologiyasi yoxud bugungi “urush”ning ildizi qayerda?
- Parkentda yiliga 20 ming sayyohni qabul qiladigan turistik majmua ochilmoqda
- “100 milliondan ortiq gullar, modalar haftaligi hamda turfa taomlar taqdimoti”: Namanganda oʻtkazilayotgan 64-Xalqaro gullar festivalidan video va fotoreportaj
- Oʻzbekiston tarixida ilk bor mundial yoʻllanmasini qoʻlga kiritgan milliy terma jamoamiz Toshkentga qaytib keldi — Fotoreportaj
- Oʻzbekiston Tashqi ishlar vazirligi Isroil–Eron mojarosi yuzasidan bayonot berdi
- “Air India” fojiasidagi tirik qolgan yagona yoʻlovchi hikoyasi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring