Oʻzbekiston amputantlar terma jamoasi Osiyo chempionati finaliga chiqdi

Ayni kunlarda Bangladesh poytaxti Dakka shahrida amputantlar futboli boʻyicha Osiyo chempionati boʻlib oʻtmoqda. Ilk bor tashkil etilayotgan ushbu qitʼa birinchiligida Oʻzbekiston terma jamoasi ham munosib ishtirok etmoqda.
Hamyurtlarimiz musobaqaning ilk turida Indoneziyaga qarshi maydonga tushib, 8:1 hisobida magʻlubiyatga uchratgan boʻlsa, ikkinchi turida Nepal jamoasi darvozasiga javobsiz 13 ta gol kiritdi.
Oʻzbekiston terma jamoasi 3-tur bahsi doirasida mezbon sportchilar, Bangladesh termasiga qarshi oʻynadi va 3:0 hisobida gʻalaba qozondi.
Shu tariqa guruhda 9 ochko jamgʻargan vakillarimiz chempionat yarim finalini naqd qildi. Mazkur bahs esa bugun, 11-fevral kuni boʻlib oʻtdi. Unda anʼanaga muvofiq, iroqlik sportchilar yirik hisobda magʻlub etildi.
Iroq terma jamoasi darvozasini 3-marta ishgʻol qilgan Oʻzbekiston vakillari bahs davomida oʻz darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi va final yoʻllanmasini qoʻlga kiritdi.
Finalda jamoa ertaga, 12-fevral kuni Indoneziya yoki Nepalga qarshi bahs olib boradi.
Maʼlumot uchun, Oʻzbekiston amputantlar terma jamoasi Jahon chempionati tarixida yettita medalni: uchta oltin (2007, 2010, 2012), bitta kumush (1998) va uchta bronza (1991, 2002, 2022) qoʻlga kiritgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Ish haqi, pensiya, nafaqa va stipendiyalar miqdori 10 foizga oshiriladi
- Eron va Isroil oʻrtasidagi ziddiyatlar xronologiyasi yoxud bugungi “urush”ning ildizi qayerda?
- Olimlar Alsgeymer kasalligidan himoya qiluvchi parhez haqida maʼlumot berishdi
- Dollar kursi oshishda davom etmoqda
- Parkentda yiliga 20 ming sayyohni qabul qiladigan turistik majmua ochilmoqda
- Oʻzgarishlarni soʻz bilan uygʻotgan jurnalist
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring