Oʻzbekiston Afgʻonistonga Qurbon hayiti munosabati bilan 183 tonna insonparvarlik yordami yubordi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning topshirigʻi bilan xalqimizning bagʻrikenglik va qoʻllab-quvvatlash ramzi sifatida “Qurbon hayiti” (Eid al-Adha) munosabati bilan Afgʻoniston aholisiga 183 tonna oziq-ovqat mahsuloti ortilgan navbatdagi insonparvarlik yordami yuklari Balx viloyatiga yetkazildi, deb xabar bermoqda Surxondaryo viloyati hokimligi axborot xizmati.
Xabarda aytilishicha, insonparvarlik yuklari Hayraton shahridagi “Astras” kompaniyasi hududida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Afgʻoniston boʻyicha maxsus vakili Ismatilla Irgashev, Surxondaryo viloyati hokimi Ulugʻbek Qosimov hamda Balx viloyati gubernatorining oʻrinbosari Nurulhodi Abuidris, shuningdek, ikki tomon rasmiylari ishtirokida topshirilgan.
Shuningdek, mazkur insonparvarlik yordami tarkibidan un, guruch, shakar, makaron va qandolat mahsulotlari, oʻsimlik yogʻi, tez tayyorlanadigan taomlar, qizil loviya va mosh oʻrin olgan.
“Afgʻoniston rasmiylari Oʻzbekiston Prezidenti va xalqiga koʻrsatayotgan insonparvarlik yordami uchun minnatdorchilik bildirib, Qurbon hayiti munosabati bilan samimiy tabriklarini yoʻllashdi”, — deyiladi hokimlik xabarida.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Ish haqi, pensiya, nafaqa va stipendiyalar miqdori 10 foizga oshiriladi
- Eron va Isroil oʻrtasidagi ziddiyatlar xronologiyasi yoxud bugungi “urush”ning ildizi qayerda?
- Olimlar Alsgeymer kasalligidan himoya qiluvchi parhez haqida maʼlumot berishdi
- Dollar kursi oshishda davom etmoqda
- Parkentda yiliga 20 ming sayyohni qabul qiladigan turistik majmua ochilmoqda
- Oʻzgarishlarni soʻz bilan uygʻotgan jurnalist
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring