Oʻzbekiston 7 oyda 7,5 million AQSH dollariga teng muzqaymoq import qilgan
Oʻzbekiston muzqaymoq va muzqaymoq mahsulotlarini import qilish boʻyicha yuqori natija qayd etdi. Bu haqda Statistika agentligi matbuot xizmati xabar berdi.
Dastlabki maʼlumotlariga koʻra, 2024-yilning yanvar-iyul oylarida Oʻzbekiston xorijiy davlatlardan qiymati 7,5 million AQSH dollariga teng boʻlgan muzqaymoq va muzqaymoq mahsulotlarini import qilgan.
2024-yilning 7 oyida Oʻzbekistonga import qilingan muzqaymoq va muzqaymoq mahsulotlarining eng katta ulushiga ega boʻlgan davlat Rossiya hisoblanadi. Ushbu mamlakatdan 968 tonna mahsulot import qilingan.
Bundan tashqari, Qozogʻiston ham muzqaymoq eksportyori sifatida 618 tonna mahsulotni yurtimizga joʻnatgan. Shuningdek, Fransiya (53,8 tonna), Belarus (36,7 tonna) va Litva (17,4 tonna) mamlakatlari ham Oʻzbekistonga katta miqdordagi muzqaymoq mahsulotlarini import qilgan.
Avvalroq, Oʻzbekiston 7 oyda qiymati 28,3 million AQSH dollarlik choy import qilgani haqida maʼlum qilingandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Matonatli Maryam” filmi keng jamoatchilikka taqdim etildi
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- FIDE jahon kubogi chempioni Javohir Sindarovni kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi (+fotoreportaj)
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
- “Barselona” La Ligada navbatdagi gʻalabasini qoʻlga kiritdi
- Saida Mirziyoyeva Dohadagi kino festivalga tashrif buyurdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring