Oʻzbekcha Vikipediya Markaziy Osiyoda birinchilikka chiqdi

01:50 18 Aprel 2023 Madaniyat
1225 0

Foto: Illustrativ surat

Joriy yilning 14–20-aprel kunlari Yoshlar ishlari agentligi tomonidan oʻzbek tilining jahon internet tarmogʻidagi nufuzini oshirishga qaratilgan “VikiOromgoh” loyihasi start berildi.

Agentlikka koʻra, loyiha davomida ishtirokchilarga mutaxassislar tomonidan oʻzbekcha Vikipediyaga maqola kiritish koʻnikmalari oʻrgatilmoqda. Oromgohga qadar Vikipediyada oʻzbek tilidagi maqolalar soni 224 317 tani tashkil etgan boʻlsa, ayni damda 233 mingga yetgan.

Dastlabki uch kunda oʻsishlar soni qariyb 10 ming maqolaga yetib, jahon Vikipediyalar tizmasida 45-oʻringa koʻtarildi hamda Markaziy Osiyoda birinchilikka chiqdi.

Oʻzbek tilidagi maqolalar soni 233 mingdan oshib, butunjahon Vikipediyalar tizmasida 45-oʻringa koʻtarildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?