Oʻzbekistonda “Oʻzbek tulpori” nomli yangi ot zoti yaratildi

19:25 20 Noyabr 2022 Jamiyat
1399 0

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasida yilqichilik va ot sportini rivojlantirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-3057 son qarori ijrosi yuzasidan seminar tashkil etildi. Toshkent viloyatining Oʻrta Chirchiq tumanidagi “Oʻzbegim otlari” majmuasida oʻtgan tadbirda Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi rahbari B.Norqobilov, Oʻzbekiston yilqichilik va ot sporti federatsiyasi raisi B.Gaziyev, “Oʻzbegim otlari” MChJ rahbari A.Ismoilov, shuningdek, 100 nafardan ortiq soha mutaxassislari ishtirok etishdi.

Tadbirda Oʻzbekistonda yilqichilik va ot sportini rivojlantirish hamda dolzarb muammolar yechimi, sohada erishilayotgan yutuqlar, sportchilarimizning nufuzli xalqaro musobaqalardagi ishtirokiga oid maʻruza atroflicha muhokama qilindi.

Bundan tashqari, ilmiy-tadqiqot institutlari hamda Oʻzbekiston yilqichilik va ot sporti federatsiyasi mutaxassislariga “Oʻzbegim otlari” ot zavodida oʻzlari yaratgan “oʻzbek tulpori” nomli yangi ot turini koʻpaytirish boʻyicha topshiriqlar berildi. Koʻrgazmali seminar davomida axalteke, arab va ingliz zotli otlarning koʻrgazmali chiqishlari namoyish etildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?