O‘zbek tovarlarining Britaniyaga eksporti hajmi oshiriladi
O‘zbekiston elchisi Ravshan Usmonov Buyuk Britaniya Biznes va savdo vazirligi Eksport va savdo departamenti bosh direktori Nayl Makkenzi bilan uchrashdi. Uchrashuv davomida ikki tomonlama savdo-iqtisodiy hamkorlikni yana-da jadallashtirishning dolzarb masalalari muhokama qilindi. Xususan, 28-30 noyabr kunlari London shahrida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan Savdo va sanoat bo‘yicha O‘zbekiston – Britaniya kengashining navbatdagi yig‘ilishini yuqori darajada tashkil etish va o‘tkazishga kelishib olindi. Nayl Makkenzi O‘zbekiston – Britaniya savdo-iqtisodiy aloqalarini yana-da kengaytirish, ikki tomonlama savdo aylanmasi hajmini oshirishda o‘zaro teng manfaatli hamkorlikni olib borish, o‘zbek tovarlarining Britaniyaga eksportini ilgari surishda hamkorlikka tayyorligini bildirdi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
- Bu yil Oʻzbekiston Proligasida 14 ta jamoa ishtirok etadi
- Shavkat Mirziyoyev Vashington shahrida Tinchlik kengashining dastlabki yigʻilishida ishtirok etdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring