O‘zaro hamkorlik memorandumi imzolandi

19:28 26 Mart 2025 Jamiyat
201 0

Foto: Mudofaa vazirligi

Qurolli Kuchlar Harbiy tibbiyot akademiyasida Mudofaa Vazirligi hamda "O‘zbekiston temir yo‘llari" aksiyadorlik jamiyati o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.

O‘zaro suhbat davomida tomonlar hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish bo‘yicha kelishuvlarga erishdilar. Bu borada hamkorlikni yanada kuchaytirish, yangi loyiha va tashabbuslar amalga oshirishga qaratilgan zarur chora-tadbirlar belgilandi.

Shuningdek, mas’ullar tashkilotlarning shu vaqtga qadar amalga oshirgan salmoqli hamkorlik yo‘liga to‘xtalib, olib borilgan ishlar ikki tashkilot uchun ham manfaatli bo‘lganini, galdagi imzolanayotgan hujjat hamkorlikning yangi davrini boshlab berishini alohida ta’kidlashdi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?