Oqto’beda yuz bergan YTH oqibatida ikki nafar O’zbekiston fuqarosi halok bo’ldi
Qozig’iston Respublikasi IIV Favqulodda vaziyatlar qo’mitasining ma’lumotiga ko’ra, 2018 yil 5 mart kuni soat 10:50 da Qozog’iston Respublikasi Oqto’be viloyati Olke qishlog’i hududidan o’tuvchi “Samara — Chimkent” avtomobil yo’lining 778 km.da Toshkent — Sankt-Peterburg yo’nalishida harakatlanayotgan davlat raqami D 432 ADA 04 “KAMAZ” yuk avtomobili bilan davlat raqami 505 198 RUS “Opel-Astra” engil avtomashinasining to’qnashuvi natijasida 2 nafar O’zbekiston Respublikasi fuqarosi halok bo’lgan.
O’zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Ichki ishlar vazirligi hamda Qozog’iston Respublikasi IIV Favqulodda vaziyatlar qo’mitasi bilan olib borilgan hamkorlikdagi tadbirlar natijasida O’zbekiston Respublikasi fuqarolarining shaxsi aniqlandi.
Halok bo’lgan fuqarolar haqida ma’lumot:
1978 y.t. Isakov Zoxidjon Mansurovich (haydovchi, Andijon viloyati, Asaka tumani, “O’zbekiston” QFY, Do’rmon ko’chasi raqamsiz uyda yashagan).
1975 y.t. Yuldashev Kodirjon Komilovich (yo’lovchi, Andijon viloyati, Asaka tumani, “O’zbekiston” QFY, Do’rmon ko’chasi raqamsiz uyda yashagan).
Halok bo’lgan fuqarolarning jasadi Oqto’be shahar morgida saqlanmoqda.
Hozirgi vaqtda O’zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Sog’liqni saqlash vazirligi hamda Qozog’iston Respublikasi IIV Favqulodda vaziyatlar Komiteti bilan hamkorlikda halok bo’lganlarning jasadlarini O’zbekiston Respublikasiga olib kelish va yaqin qarindoshlarini xabardor qilish bo’yicha tadbirlar olib borilmoqda.
Sodir bo’lgan hodisa yuzasidan Sizni qiziqtirgan ma’lumotlar bo’yicha O’zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligida faoliyat ko’rsatayotgan (Q99871) 147-10-50 “Tezkor raqami”ga murojaat qilishingiz mumkin.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- G20 sammitining Janubiy Afrikada oʻtkazilishi sharmandali holat – Tramp
- AQSH va Britaniya Suriya muvaqqat prezidenti Axmad ash-Sharʼani “qora roʻyxat”dan chiqardi
- Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi Jahon chempionatidagi ikkinchi oʻyinida magʻlub boʻldi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasining xalqaro musobaqa uchun qaydnomasi eʼlon qilindi
- Turkiya sudi Netanyahuni Gʻazoda genotsid sodir etganlikda ayblab, hibsga olish orderini maʼqulladi
- Rossiya NATOga hujum qilish uchun shay holatda — Bundesver generali
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring