Olis Chimmosda IT-shaharcha tashkil etildi

12:21 03 Iyun 2025 Jamiyat
112 0

Abdulaziz YOʻLDOSHEV/“Xalq soʻzi”. Bugungi axborot asrida hayotimizni raqamli texnologiyalarsiz tasavvur qilib boʻlmaydi. Shu bois mamlakatimizda sohani yanada rivojlantirish va yoshlarni unga toʻgʻri yoʻnaltirish borasida bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.

Prezidentimizning “Hududlarda yoshlarga raqamli texnologiyalar va xorijiy tillarni oʻrganish uchun qoʻshimcha sharoitlar yaratishga qaratilgan «IT-shaharcha”lar faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida»gi qaroriga muvofiq har bir viloyatda bittadan “IT-shaharcha”lar tashkil etish belgilangan.

Samarqand viloyatidan Qoʻshrabot tumanining olis Chimmos mahallasi tanlab olinib, “IT-shaharcha” barpo qilindi. Uning rasmiy ochilish marosimida Raqamli texnologiyalar vazirligi, Samarqand va Qoʻshrabot tumani hokimligi, tuman faollari hamda yoshlar ishtirok etdi.

Tadbirda qayd etilganidek, bu yerda olib borilgan qurilish va obodonlashtirish ishlari natijasida 35 sotix boʻsh va foydalanilmay yotgan yer maydonida yoshlarning IT va xorijiy tillarni oʻrganishi uchun barcha sharoitlar yaratishga ega “IT-shaharcha” ish boshladi.

Mazkur maskanda yiliga ming nafarga yaqin yoshlar dasturlash, grafika dizayni, kompyuter savodxonligi kabi sohalarda chuqur bilim olishadi. Ingliz va boshqa xorijiy tillarni ham bepul oʻrganish imkoniyatiga ega boʻlishadi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер