Olimlar kimyo terapiya paytida miya hujayralarini himoyalash usulini kashf qilishdi
Kimyo terapiya saratonning koʻplab turlarini davolashning eng yaxshi usullaridan biri hisoblanadi. Ammo, afsuski, uning yon taʼsiri butun tanada, shu jumladan miyada ham seziladi.
Bemorlarda xotira, diqqatni jamlash va qaror qabul qilish bilan bogʻliq muammolar kuzatilishi mumkin. Bu esa ularning fikrlash va xatti-harakatlarida namoyon boʻladi. Garchi mazkur holat odatda kimyo terapiya tugaganidan keyin yoʻqolsada, bir necha oy davomida kundalik hayotga taʼsir etadi.
Massachusets texnologiya instituti (MIT) olimlari tomonidan olib borilgan yangi tadqiqot ushbu nojoʻya taʼsirlarni davolashning juda oddiy usulini kashf etgan boʻlishi mumkin va eng muhimi, bu kimyo terapiyaga qaraganda kam invazivdir. Buning uchun har kuni miltillovchi chiroqlarga qarash va maʼlum bir chastotali tovushlarni tinglash kifoya.
Tajribalar yorugʻlik va tovush terapiyasidan soʻng yalligʻlanishning, asab tizimining degeneratsiyasiga olib kelishi mumkin boʻlgan toksik oqsillarning kamayganini hamda kognitiv testlarning yaxshilanganini koʻrsatdi.
Kimyo terapiya kursi davomida har kuni gamma-toʻlqin terapiyasini olgan tajriba obyektlarida aks alomatlarning barchasi sezilarli darajada pasaygan. Ularning xotirasi va ijro etuvchi funksiyalarini oʻlchash boʻyicha testlar ancha yaxshi natijalarni koʻrsatgan.
Shuningdek, tadqiqotchilar gamma-toʻlqin terapiyasi bilan davolanganda yalligʻlanish va hujayralar nobud boʻlishi bilan bogʻliq genlar susayganini aniqladilar.
Foydali taʼsirlar davolanishdan keyin toʻrt oy davomida hech boʻlmaganda qisman davom etishi kuzatildi. Bundan tashqari, ushbu yangi usul kimyo terapiyadan keyin emas, balki u bilan bir vaqtning oʻzida qoʻllanilganda ancha yaxshi natija berishi qayd etildi.
Bu usul barcha bosqichlardan muvaffaqiyatli oʻtsa, u bemorlarda kimyo terapiyani amalga oshirishning standart qismiga aylanishi, shu bilan hayotiy muhim davolanishning yoqimsiz tomonlarini kamaytirishi mumkin.
Tadqiqot «Science Translational Medicine» jurnalida chop etilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Doʻstlik va hamkorlikni kengaytirgan forum (+fotoreportaj)
- Oʻzbekiston yoki Misr. Qaysi terma jamoa kuchli?
- Yangilanayotgan Markaziy Osiyo: birlik, doʻstlik va hamkorlikning yangi bosqichi
- Nogironligi boʻlgan fuqarolarga 30 mln soʻmgacha foizsiz ssuda ajratiladi
- “Loʻlilar faqat tilanchimi?...” Ular yashayotgan mahalladan fotoreportaj
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring