Odam tashish taksi xizmatida old oʻrindiqda yoʻlovchi olish mumkinmi? Yoʻq boʻlsa, sababi nima?

16:37 06 Oktyabr 2020 Jamiyat
1340 0

Koronavirusga qarshi kurash shtabi aʼzosi Nurmat Otabekov ushbu savolga javob qaytardi:

— Bunday holat karantin qoidalarini buzish hisoblanadi.

Respublika maxsus komissiyasining 45-sonli bayonnomasiga asosan, yoʻnalishsiz taksilarda yoʻlovchilarni avtotransport vositasi saloni orqa oʻrindigʻiga oʻtkazilishi, haydovchi va yoʻlovchi tibbiy niqobda boʻlishi (tibbiy niqobsiz yoʻlovchilarni tashish taqiqlanadi), avtotransport vositasi salonida haydovchi oʻrindigʻi yoʻlovchilar oʻrindigʻidan shaffof plastik yoki maxsus plyonka bilan toʻsilgan boʻlishi kerakligi koʻrsatib oʻtilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер