OAV: Tramp Netanyahudan Qatarga qayta zarba bermaslikni talab qildi
Foto: Getty Images
AQSH prezidenti Donald Tramp Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahudan Qatar hududiga yangi zarbalar bermaslikni talab qildi. Bu haqda Axios nashri xabar bermoqda.
Manbaga koʻra, Netanyahu Dohaga hujum qilishdan oldin na Amerika rahbari, na uning maslahatchilari bilan maslahatlashgan.
9-sentyabr, seshanba kuni Tramp Netanyahu bilan ikki marta telefon orqali suhbatlashib, Dohaga qilingan zarbalarni muhokama qilgan.
“Buni mutlaqo qabul qilib boʻlmaydi. Men sizdan bunga yoʻl qoʻymaslikni talab qilaman”, — degan Tramp suhbat chogʻida.
Bundan avval The Wall Street Journal nashri ham Trampning Netanyahu bilan keskin suhbat oʻtkazganini yozgan edi. Maʼlumotga koʻra, AQSH prezidenti hujum haqida Isroildan emas, balki Amerika harbiylari orqali bilib qolganidan qattiq norozi boʻlgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- AQSH Adliya vazirligi Epshteyn ishi boʻyicha 3 millionta faylni eʼlon qildi
- Tramp Kubadan kelayotgan tahdid sabab AQSHda favqulodda holat eʼlon qildi
- Buyuk shoirning Samarqanddagi tabarruk izlari
- Oʻzlikni anglash sari muhim qadam: “Milliy qadriyatlar atlasi” kitob-albomi taqdimot qilindi (+video)
- Urush, jasorat va sport: hafta davomida dunyo eʼtiborini tortgan 10 ta surat
- “Humans” Oʻzbekistondan yuzlab million dollar zararni qoplashni talab qilmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring